18:00 dan boshlab ZARMED Universiteti yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimning eng hayajonli lahzasida ZARMED Universiteti ta’sischisi, ZARMED Group bosh direktori Shukurlayev Dilshod Dalerovich ramziy tugmani bosdi va yangi o‘quv binosi rasman ochildi. Shu ondayoq osmon rang-barang mushakbozlik bilan yorishib, tadbirning unutilmas kulminatsiyasiga aylandi. 🔥
🎤 Bayram dasturi taniqli san’atkor Ulug‘bek Rahmatullayev hamda DJ Macarella chiqishlari bilan davom etdi va kechaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Bu oqshom ZARMED tarixida yana bir yorqin sahifa bo‘lib qoldi.