Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida “Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomat nazoratini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda talabalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratishdan iborat.
ZARMED Universitetida ham talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, universitet hududida tartib va osoyishtalikni saqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ talabalar xavfsizligini ta’minlash;
✅ davomatni nazorat qilish;
✅ huquqbuzarliklarning oldini olish;
✅ universitet hududida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
➡️ Mazkur chora-tadbirlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlarning xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan.