Rasman 15-sentyabr, seshanba kuni ZARMED Universitetining Samarqand kampusida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oladigan barcha yo‘nalishlardagi 1-kurs talabalari uchun “Orientation Week” - Tanishtiruv haftaligi boshlanadi.
Tanishtiruv haftaligi davomida talabalar universitet hayoti, o‘quv jarayoni, ichki tartib-qoidalar, HEMIS tizimi, baholash mezonlari, kredit-modul tizimi hamda talabalik davrida zarur bo‘lgan muhim tashkiliy jarayonlar bilan yaqindan tanishadilar.
Yo‘nalishlarga qarab, 1-kurs talabalari uchun "Tanishtiruv haftaligi" dars mashg‘ulotlari quyidagi o‘quv binolarida tashkil etiladi:
A bino - lokatsiyasi
B bino - lokatsiyasi
C bino - lokatsiyasi
Barcha 1-kurs talabalaridan aynan o‘ziga biriktirilgan o‘quv binosiga, belgilangan vaqtda kelishlari so‘raladi.
Tanishtiruv haftaligi yakunlangach, dars soatlari va o‘quv binolari bo‘yicha ma’lumotlar qayta taqsimlanadi hamda yangilangan dars jadvallari HEMIS platformasida e’lon qilib boriladi.
Samarqand kampusi yuqori kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlari keyingi haftalarda boshlanadi. Ular dars jadvallarini HEMIS platformasi orqali kuzatib borishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz: 14-sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ochilish marosimi keyingi muddatga qoldirildi. Shu sababli barcha 1-kurs talabalari 15-sentyabrdan boshlab o‘zlariga biriktirilgan o‘quv binolarida "Tanishtiruv haftaligi" mashg‘ulotlarida ishtirok etadilar.
Yangi o‘quv yilida barcha talabalarimizga omad, kuchli bilim, yuksak maqsad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!