Bakalavriat bosqichining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili 29-sentyabrdan boshlanadi.
🗓 O‘quv jarayoni Universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va akademik taqvim asosida 2026-yil 29-sentyabrdan 2027-yil 19-iyungacha* davom etadi.
Dars jadvali, fanlar va guruhlarga oid ma’lumotlarni HEMIS platformasi orqali kuzatib boring. Talabalardan dars jadvalini oldindan tekshirish va mashg‘ulotlarda belgilangan vaqtda ishtirok etish so‘raladi.
⚠️ Eslatib o‘tamiz: talabalar 1-oktyabrga qadar kontrakt summasining kamida 25% qismini to‘lashlari lozim. To‘lov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, ta’lim shartnomasi shartlariga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
Barcha talabalarimizga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi bilimlar va unutilmas talabalik lahzalarini tilaymiz! 💙